Mahsulotlarimiz
Biz haqimizda

O’zbekiston o’zining boy madaniyati, ulkan tarixiy merosi, unumdor yerlari va yashil bog’lari bilan ajralib turadi. Bu bizning xalqimizning farovonligini ta’minlaydi. Xalqimiz farovonligini oshirish uchun
“Rash-Milk Plus” kompaniyasi jahon standartidagi barcha talablarga javob beradigan yuqori sifatli sut mahsulotlari bilan ta’minlaydi.

“Rash-Milk Plus” MChJ 2003 yilda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida  Rahmiddin Mirzaev, Anvar Shukurov va Shuhrat Shukurovlar tomonidan tashkil etilgan, ularning asosiy maqsadi aholini sifatli sut bilan ta’minlash edi.

Qisqartma Rash so’zi “Rahmiddin, Anvar, Shuhrat” degan ma’noni anglatadi.

“Rash-Milk Plus” savdo markasi ostidagi sut mahsulotlari bu 30 xildan ortiq turdagi yuqori sifatli nordan sut mahsulotlari, pasterizatsiya qilingan sutdan quruq sutgacha, 60 xildan ortiq turdagi yuqori sifatli muzqaymoq mahsulotlari, nordonsut mahsulotlarini ishlab chiqarishda xalqaro standartga mos va zamonaviy jihozlangan asbob uskunalardan foydalaniladi.

Bugungi kunda “Rash-Milk Plus” MChJ kompanyasi keng turdagi toza tabiiy sut mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda: kefir, biokefir, ryajenka, smetana, qaymoq, slivka, ayron, yogurt, muzqaymoq, pishloq, brinza, sariyog’, pasterizatsiyalangan sut va quruq sut mahsulotlari kiradi.

Bugun Rash-Milk Plus brendi nomi ostiga zamonaviy talablarga javob beraoladigan, 100% tabiiy sut mahsulotlari kiradi.